01Umumiy ma'lumot
Mobirex — telefon do'konlari uchun CRM/ERP boshqaruv tizimi.
Bu maxfiylik siyosati Mobirex mobile ilovasi va web admin paneliga taalluqli.
02Yig'iladigan ma'lumotlar
Quyidagi ma'lumotlar yig'iladi:
- Ism va familiya
- Telefon raqam
- Foydalanuvchi nomi (username) va rol
- Do'kon biznes yozuvlari: telefon kirim va sotuv, mijoz qarzi va to'lovlari, xarajatlar, kapital
- Yordam xizmatiga yuborilgan xabarlar
Bundan tashqari:
- Ilova joylashuvni (GPS) yig'maydi.
- Ilovada reklama yo'q va foydalanuvchi boshqa ilovalar bo'ylab kuzatilmaydi.
- Ma'lumotlar server bilan HTTPS orqali shifrlangan holda almashinadi.
- Foydalanuvchini o'chirish do'konning biznes yozuvlarini o'chirmaydi — bu yozuvlar xodimga emas, do'konga tegishli.
03Foydalanish
- Ilova funksionalligini ta'minlash
- Hisob boshqaruvi va xavfsizlik
- Mijoz xizmati va texnik yordam
- Ilova sifatini yaxshilash
04Baham ko'rish
Mobirex shaxsiy ma'lumotlarni hech qachon sotmaydi.
Ma'lumotlar quyidagi hollarda baham ko'rilishi mumkin:
- Hosting xizmati
- Majburiy huquqiy talab
05Saqlash muddati
- Aktiv hisoblar: foydalanish davomida
- O'chirilgan hisoblar: kirish o'chiriladi, biznes yozuvlari egasida qoladi
- Biznes yozuvlari: 5 yilgacha
06Foydalanuvchi huquqlari
- Ma'lumotlarga kirish so'rash
- Tahrirlash so'rash
- O'chirish so'rash
- Ma'lumotlar nusxasi (eksport)
07Bolalar maxfiyligi
Mobirex 18 yoshdan kichik foydalanuvchilar uchun mo'ljallanmagan.
08O'zgarishlar
Bu siyosat vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin.
09Aloqa
Maxfiylik bilan bog'liq savollar uchun:
- Telegram: @mobirex_support_bot
- Email: support@mobirex.uz
10Hisobni o'chirish va ma'lumotlar
Foydalanuvchi o'z hisobini istalgan vaqtda o'chirishi mumkin — ilova ichida (Sozlamalar/Profil → Hisobni o'chirish) yoki mobirex.uz/account-deletion sahifasi orqali. Hisob o'chirilganda:
- Foydalanuvchi hisobiga qayta kira olmaydi va bu amalni qaytarib bo'lmaydi.
- Foydalanuvchining shaxsiy kirish ma'lumotlari (foydalanuvchi nomi) o'chirilgan deb belgilanadi.
- Biznesga oid yozuvlar (sotuvlar, qarzlar, xarajatlar, kapital harakati va boshqa hisobot ma'lumotlari) tashkilot egasi (do'kon egasi)da saqlanib qoladi. Bu ma'lumotlar tashkilotning buxgalteriya va biznes hisoboti uchun zarur bo'lib, ular tashkilotga tegishli hisoblanadi.
Agar siz biznes yozuvlaringizni ham butunlay o'chirishni xohlasangiz, tashkilot egasi yoki Mobirex qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
11Ro'yxatdan o'tmagan shaxslarning so'rovlari
Mobirexda ommaviy ro'yxatdan o'tish yo'q — hisoblar administrator tomonidan yaratiladi. Shu sababli xizmat bilan qiziqqan, hali mijoz bo'lmagan shaxs ilovaning kirish sahifasidagi "Bog'lanish" havolasi orqali biz bilan bog'lanish so'rovini qoldirishi mumkin.
Bunda faqat quyidagilar yig'iladi:
- Telefon raqami
- Viloyat
Bu ma'lumotlar yagona maqsadda ishlatiladi: siz bilan bog'lanib, Mobirex xizmati haqida ma'lumot berish. Ular sotilmaydi, reklama uchun ishlatilmaydi va uchinchi shaxslarga berilmaydi.
So'rovingizni o'chirishni istasangiz, support@mobirex.uz manziliga yoki @mobirex_support_bot Telegram botiga yozing va o'zingiz qoldirgan telefon raqamini ko'rsating — so'rov o'chiriladi. Buning uchun hisob ochish talab qilinmaydi.